NFT sertifikatlari — .UZ domen nomlarini himoya qilishning yangi darajasi
| 8887

.UZ zonasi domen egalari Blockchain texnologiyasiga asoslangan NFT sertifikatlari xizmatidan foydalanishlari mumkin.
NFT sertifikati domen nomiga egalik qilishning eksklyuziv huquqini tasdiqlaydi va firibgarlikdan himoya qiladi. U huquqni qayta registratorga murojaat qilmasdan tasdiqlash hamda domenni yangi egasiga o‘tkazishni soddalashtiradi.
Afzalliklari:
- Egalik huquqining kafolati — huquq markazlashtirilmagan bazada qayd etiladi.
- Shaffoflik va ishonch — Blockchain ma’lumotlarni soxtalashtirishni istisno qiladi.
NFT sertifikatlari domen egalari uchun raqamli shaxsni tasdiqlash, xavfsizlik va qulaylikni ta’minlaydi. Bugungi kunga kelib, .UZ zonasida 1 580 ta NFT-sertifikat rasmiylashtirilgan.
Sertifikatni nft.cctld.uz orqali oling.


