Сайт тест режимида ишламоқда.
«UZ» домени маъмурияти

Янгиликлар

DNSSEC: keng tarqalgan afsonalarni faktlar bilan tekshiramiz | 251

CircleID xalqaro sohaviy platformasida DNSSEC texnologiyasi haqidagi keng tarqalgan qarashlar va uning zamonaviy imkoniyatlarini faktlar asosida tekshirishga bag‘ishlangan “Common Beliefs About DNSSEC Put to the Test: An Invitation to Fact-Check Your Assumptions” nomli maqola e’lon qilindi.

Balida ICANNning 87-xalqaro konferensiyasi boshlandi | 1413

2026-yil 17–22-oktabr kunlari Indoneziyaning Bali orolida Internet nomlari va raqamlarini taqsimlash korporatsiyasining (ICANN) 87-ochiq konferensiyasi — ICANN87 bo‘lib o‘tmoqda.

Internetning ildiz DNS zonasida DNSSEC kaliti muvaffaqiyatli almashtirildi | 1822

2026-yil 11-oktabr kuni domen nomlari tizimining (DNS) ildiz zonasida kalitlarni imzolash kaliti (Key Signing Key, KSK) rejali ravishda almashtirildi. Yangi KSK-2024 kaliti ildiz zonasini imzolashda qo‘llanila boshlandi va avvalgi KSK-2017 kalitining o‘rnini egalladi. Bu haqda ICANN va Internet manzillar makonini boshqarish ma’muriyati (IANA) ma’lum qildi.

Toshkentda TLDCON 2026 konferensiyasi boshlandi | 3847

22-sentabr kuni Toshkentda milliy domenlar administratorlari va registratorlarining 19-Xalqaro TLDCON 2026 konferensiyasi o‘z ishini boshladi.

ICANN vakilining O‘zbekistonga tashrifi doirasida .UZ domeni Ma'muriyati bilan ishchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi | 3961

O‘zbekistonga tashrif doirasida .UZ domeni Ma'muriyati vakillari ICANNning Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo mintaqasida manfaatdor tomonlar bilan hamkorlik bo‘yicha menejeri Seher Sagiroglu bilan ishchi uchrashuv o‘tkazdi.

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni muborak bo‘lsin! | 5280

.UZ milliy domeni ma’muriyati O‘zbekistonning barcha aholisini O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi bilan chin dildan muborakbod etadi!

.UZ domen Ma’muriyati UZINFOCOM korporativ «O‘zbekistonni kashf eting!» tanlovida Sirdaryo viloyatini taqdim etdi | 4834

Tadbir milliy madaniyat, an’analar, gastronomiya, interaktiv mashg‘ulotlar va zamonaviy raqamli texnologiyalarni o‘zida mujassam etgan tematik yarmarka formatida bo‘lib o‘tdi.

Bugun UZINFOCOM 24 yoshga to‘ldi! | 6202

29-iyul — biz uchun muhim sana. Mana 24 yildirki, UZINFOCOM O‘zbekistonning raqamli infratuzilmasini rivojlantirishga hissa qo‘shib, davlat xizmatlari, biznes jarayonlari va millionlab insonlarning kundalik hayotini qulay va zamonaviy qiladigan texnologiya hamda servislarni yaratib kelmoqda.

.UZ domen nomlari soni 160 mingdan oshdi | 6000

Milliy .UZ domeni barqaror o'sishni davom ettirmoqda. 2026-yil iyul holatiga ko'ra, ro'yxatdan o'tkazilgan domen nomlari soni 160 mingdan oshdi, bu esa biznes subyektlari, davlat tashkilotlari va jismoniy shaxslarning milliy domen makoniga bo'lgan qiziqishi ortib borayotganidan dalolat beradi.

Aloqa operatorlari, internet-provayderlar, tizim administratorlari hamda DNSSEC texnologiyasidan foydalanuvchi barcha tashkilotlar diqqatiga | 6794

ICANN 2026-yil 11-oktabrga rejalashtirilgan ildiz DNSSEC imzolash kaliti (Key Signing Key, KSK) almashtirilishi toʻgʻrisida xabar berdi.