2025 yil 9–11 sentyabr kunlari Belgrad, Serbiya shahrida Osiyo-Tinch okeani yuqori darajadagi domenlar assotsiatsiyasi (Asia Pacific Top Level Domain Association — APTLD88) a’zolari 88-konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu muhim konferensiya mintaqaning turli mamlakatlaridan kelgan 50 dan ortiq APTLD a’zolarini birlashtiradi va professional muloqot, tajriba almashish hamda milliy registraturalar o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash uchun platforma vazifasini bajaradi.
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni muborak bo‘lsin!
Milliy .UZ domen zonasi yangi rekordni qayd etdi — ro‘yxatdan o‘tgan domenlar soni 140 000 oshdi.
.UZ zonasi domen egalari Blockchain texnologiyasiga asoslangan NFT sertifikatlari xizmatidan foydalanishlari mumkin.
O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi va Yagona Integrator UZINFOCOM hamkorlikda .UZ zonasida bo‘shatilgan domen nomlari auktsioni platformasiga domenlar savdosida qatnashishni ancha yengillashtiruvchi yangi funksiyani — avtomatik stavkani joriy etdi.
Bugungi kunda domen nomidan yanada samarali foydalanish mumkin. Sayt joylashtirishdan tashqari, domen quyidagi imkoniyatlarni ham beradi:
Endilikda Token.uz platformasi foydalanuvchilari istalgan keng tarqalgan kengaytmadagi (PDF, DOCX, XLSX va boshqalar) hujjatlarning to‘liq versiyalarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri blokcheynda yuklab saqlashlari mumkin.
UZINFOCOM tomonidan ishlab chiqilgan Token.uz blokcheyn platformasi intellektual mulk sifatida rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazildi.
2025-yil 20–22-may kunlari Dubaydagi World Trade Centre'da raqamli savdo va moliyaviy texnologiyalar sohasidagi eng yirik xalqaro tadbirlardan biri — Seamless Middle East 2025 bo‘lib o‘tmoqda.
2025-yil 2-4 may kunlari “Yangi O‘zbekiston” universitetida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha raqamli yechimlarni ishlab chiqishga bag‘ishlangan respublika xakatoni bo‘lib o‘tdi. Yirik IT-tadbir tashkilotchilari — Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, IT-Park, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ hamda “Yangi O‘zbekiston” universiteti bo‘ldi.


