2026-yil 17–22-oktabr kunlari Indoneziyaning Bali orolida Internet nomlari va raqamlarini taqsimlash korporatsiyasining (ICANN) 87-ochiq konferensiyasi — ICANN87 bo‘lib o‘tmoqda.
2026-yil 11-oktabr kuni domen nomlari tizimining (DNS) ildiz zonasida kalitlarni imzolash kaliti (Key Signing Key, KSK) rejali ravishda almashtirildi. Yangi KSK-2024 kaliti ildiz zonasini imzolashda qo‘llanila boshlandi va avvalgi KSK-2017 kalitining o‘rnini egalladi. Bu haqda ICANN va Internet manzillar makonini boshqarish ma’muriyati (IANA) ma’lum qildi.
22-sentabr kuni Toshkentda milliy domenlar administratorlari va registratorlarining 19-Xalqaro TLDCON 2026 konferensiyasi o‘z ishini boshladi.
O‘zbekistonga tashrif doirasida .UZ domeni Ma'muriyati vakillari ICANNning Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo mintaqasida manfaatdor tomonlar bilan hamkorlik bo‘yicha menejeri Seher Sagiroglu bilan ishchi uchrashuv o‘tkazdi.
.UZ milliy domeni ma’muriyati O‘zbekistonning barcha aholisini O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi bilan chin dildan muborakbod etadi!
Tadbir milliy madaniyat, an’analar, gastronomiya, interaktiv mashg‘ulotlar va zamonaviy raqamli texnologiyalarni o‘zida mujassam etgan tematik yarmarka formatida bo‘lib o‘tdi.
29-iyul — biz uchun muhim sana. Mana 24 yildirki, UZINFOCOM O‘zbekistonning raqamli infratuzilmasini rivojlantirishga hissa qo‘shib, davlat xizmatlari, biznes jarayonlari va millionlab insonlarning kundalik hayotini qulay va zamonaviy qiladigan texnologiya hamda servislarni yaratib kelmoqda.
Milliy .UZ domeni barqaror o'sishni davom ettirmoqda. 2026-yil iyul holatiga ko'ra, ro'yxatdan o'tkazilgan domen nomlari soni 160 mingdan oshdi, bu esa biznes subyektlari, davlat tashkilotlari va jismoniy shaxslarning milliy domen makoniga bo'lgan qiziqishi ortib borayotganidan dalolat beradi.
ICANN 2026-yil 11-oktabrga rejalashtirilgan ildiz DNSSEC imzolash kaliti (Key Signing Key, KSK) almashtirilishi toʻgʻrisida xabar berdi.
.UZ domeni ma’muriyati vakillari Ispaniyaning Sevilya shahrida bo‘lib o‘tgan 86-ICANN forumida ishtirok etdilar. Mazkur forum internet hamjamiyatining turli vakillarini birlashtirib, internet tarmog‘ini rivojlantirish, domen industriyasi va internet boshqaruvi sohasidagi siyosatlarni ishlab chiqish masalalarini muhokama qilishga bag‘ishlandi.


